Vikilugʻat
uzwiktionary
https://uz.wiktionary.org/wiki/Bosh_sahifa
MediaWiki 1.47.0-wmf.19
case-sensitive
Media
Maxsus
Munozara
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi munozarasi
Vikilugʻat
Vikilugʻat munozarasi
Fayl
Fayl munozarasi
MediaWiki
MediaWiki munozarasi
Andoza
Andoza munozarasi
Yordam
Yordam munozarasi
Turkum
Turkum munozarasi
TimedText
TimedText talk
Modul
Modul munozarasi
Event
Event talk
Appendix:Ingliz talaffuz
0
130788
640505
634955
2026-09-14T12:18:22Z
~2026-49883-35
13723
/* Ingliz */
640505
wikitext
text/x-wiki
Learning a language can help you achieve many things, like getting your dream job or feeling comfortable in your dream country by speaking its language. That's why learning a language can open many opportunities for you.
Hududiy bolalar kutubxonalari
rahbar va xodimlariga
Sizning hududiy bolalar kutubxonalarining huquqiy maqomi, boshqaruv tizimi, shtat birliklari hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish masalalari yuzasidan yo‘llagan jamoaviy murojaatingiz o‘rganib chiqildi. Dastlabki huquqiy tahlillar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga muvofiq, hududiy bolalar kutubxonalarining muassislari tegishli hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqaruv organlari ekanini ko‘rsatmoqda. Respublika «Kelajak» markaziga kutubxona direktorlarini tayinlash va ular faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo‘lsa-da, mazkur vakolat markazni kutubxonalarning muassisiga aylantirmaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
8-sentyabrdagi PQ–277-son qarori asosida hududiy bolalar kutubxonalarining
182 ta shtat birligi «Kelajak» markazlariga o‘tkazilgan. Biroq shtat birliklarining o‘tkazilishi tegishli xodimlarning avtomatik ravishda boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilganini anglatmaydi. Mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Murojaatda qayd etilgan amaldagi 252 ta namunaviy shtat birligining hududlar bo‘yicha taqsimoti, ayrim hududlardagi 31 ta hamda boshqa hududlardagi 14–15 ta shtat o‘rtasidagi tafovutning mezonlari, xodimlarning ish yuklamasi, shuningdek, moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasining 4,9–5 foiz miqdorida shakllantirilayotganining huquqiy asoslari qo‘shimcha o‘rganishni talab etadi. Shu munosabat bilan, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq, murojaatda ko‘tarilgan masalalar vakolat doirasida atroflicha o‘rganilishi va asoslantirilgan choralar belgilanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga deputatlik so‘rovi asosida yo‘naltirildi.
D. Azizova
r5ev3t99o99wkqby89izsb1trfzfv6v